Mahsulot: PMS, BEOTA va kanal menejeri

HospitaX uch qismdan iborat. Quyida mahsulotda hozir mavjud imkoniyatlar va rejadagi qism alohida ko‘rsatilgan.

PMS — mehmonxona boshqaruv tizimi

Mahsulotda mavjud

Mehmonxona xodimlari uchun ish joyi. Quyidagi imkoniyatlar PMS’da hozir mavjud.

Xonalar va kategoriyalar

  • Xona kategoriyalari va xonalarni yuritish
  • Xonalar jadvali (shaxmatka): xonalar va sanalar bir ko‘rinishda

Bronlar

  • Tezkor bron va guruh bronlari
  • Bron holatlari: kutilmoqda, tasdiqlangan, joylashgan, chiqib ketgan, bekor qilingan
  • Bronni tahrirlash
  • BEOTA orqali kelgan bronlar alohida belgilanadi

Tariflar va narxlar

  • Tariflar va sana bo‘yicha narx kalendari
  • Bolalar uchun shartlar va joylashtirish qoidalari
  • Qo‘shimcha xizmatlar
  • Soliq va yig‘imlar sozlamalari
  • Bekor qilish siyosati
  • Erta kirish va kech chiqish qoidalari

Mehmonlar va to‘lovlar

  • Mehmonlar ro‘yxati
  • Bron bo‘yicha to‘lovlarni qayd etish

Xizmatlar va xodimlar

  • Xona holati: toza, iflos, tekshirilgan, ta’mirda
  • Kunlik nonushta hisoboti
  • Xodimlar rollari va kirish huquqlari
  • Xodimlar o‘rtasida xabar almashish

Hisobotlar

  • Bandlik, o‘rtacha narx (ADR) va xona boshiga daromad (RevPAR)
  • Jadvallarni PDF, Word yoki Excel fayliga chiqarish

Ixtiyoriy modullar

  • Sanatoriylar uchun davolash jadvali
  • Zallarni bron qilish

BEOTA — to‘g‘ridan-to‘g‘ri bron platformasi

Mahsulotda mavjud

HospitaX’ning o‘z onlayn bron platformasi. Mehmon obyektni topadi va bronni mehmonxonaning o‘ziga yuboradi.

Mehmon uchun

  • Obyektlarni qidirish va ko‘rib chiqish
  • Xona turi va tarifni tanlash
  • Bekor qilish shartlarini bron oldidan ko‘rish
  • Mehmon kabineti: bronlarni ko‘rish
  • Bron bo‘yicha mehmonxona bilan xabar almashish

Mehmonxona uchun

  • Bronlar PMS’dagi xonalar jadvalida ko‘rinadi
  • BEOTA orqali kelgan bronlar belgilanadi

To‘lov haqida

Mehmon mehmonxonaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘laydi: obyektda yoki bank o‘tkazmasi orqali (mehmonxona sozlamasiga qarab). Onlayn karta to‘lovi hozircha mavjud emas.

Kanal menejeri

Tez kunda

Kanal menejeri narx va bandlikni tashqi bron kanallari bilan moslashtirish uchun mo‘ljallangan.

Bu modul hozir ishlab chiqilmoqda. Ulangan kanallar yo‘q, hech qanday integratsiya yoki hamkorlik e’lon qilinmagan.

Rejalar

Quyidagilar mahsulotda hozir mavjud emas. Aniq muddatlar e’lon qilinmaydi.

Kanal menejeri

Tez kunda

Narx va bandlikni tashqi bron kanallari bilan moslashtirish.

Onlayn karta to‘lovi

Rejada

Mehmonning bron uchun onlayn karta orqali to‘lashi. Hozir mehmon mehmonxonaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘laydi.

Kimlar uchun

HospitaX mehmonxonalar, hostellar va sanatoriylar kabi joylashtirish obyektlari uchun mo‘ljallangan.

Savollaringiz bormi?

Mahsulot haqida so‘rang yoki mavjud platformaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiring.